Namangan viloyati FVB targ‘ibot ishlari

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi  hamda daxldor tashkilotlar bilan birgalikda qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida keng miqyosli targ‘ibot ishlariga ahamiyat qaratilmoqda. Bu boradagi tadbirlar Namangan shaxar va barcha tumanlarida belgilangan tartibda qish mavsumida foydalanilayotgan isitish tizimlarining sozligiga e'tibor berish, elektr energiyasi, tabiy va suyultirilgan gazdan ehtiyot bo‘lib foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.