Aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga tayyorlash tadbirlari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan joriy yilning 24-yanvar kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani, Toshkent viloyati Qibray tumanlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tabiiy hususiyatli favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha profilaktik tadbirlari o‘tkazildi. 
Ushbu tadbirlarda 210 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari va tarbiyalanuvchilar, 98 nafar talaba hamda 262 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi.  Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilarga sohaga oid eslatma va bukletlar tarqatildi.