Korrupsiya illatiga qarshi kurash

Toshkent viloyati FVB mas'ul xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan profilaktik tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi tadbir kuni kecha, boshqarmaning majlislar zalida tashkil etilib, unda shaxsiy tarkibga xizmat olib borishda harbiy intizom talablariga, ahloq - obod qoidalariga rioya qilish, avtotransport vositalarini boshqarganda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat'iy amal qilish, vakolati doirasidan chiqmaslik, fuqarolar bilan hamisha xushmuomalada bo‘lish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga o‘z xissasini qo‘shish muhim ekanligi yana bir bor eslatib o‘tildi.