Huquqbuzarliklarning oldini olish borasida Sirdaryo viloyati FVBda navbatdagi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuvda 2023-yil davomida viloyatdagi harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining tahlili o‘qib eshittirildi. Shuningdek, so‘zga chiqqanlar tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni yanada mustahkamlash, yurtimizda korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida qabul qilinayotgan yangi me’yoriy huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirib o‘tildi.