Namangan viloyati FVBda seminar o‘tkazildi

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Mahalla jamg‘armasi hamda “Suv ta’minot” Mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda yong‘iga qarshi suv ta’minotini yaxshilash maqsadida seminar o‘tkazildi.

Seminarda 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglanib, 2024-yil davomida  yong‘inga qarshi suv ta’minotini yaxshilash va nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.