Namanganda “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi tadbirlari

Namangan viloyati FVB xodimlari tomonidan qurilish, ijtimoiy soha obyektlari, aholi yashash xonadonlarida ishchi xizmatchilar va fuqarolar bilan yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi bo‘yicha keng qamrovli tushintirish ishlari olib borilmoqda. Tadbir davomida xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha o‘zida bir qator tavsiyalarni aks ettirgan eslatma va bukletlar tarqatilmoqda.