Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qoʻldoshev Mirishkor tumani FV boʻlimi yangi binosining foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi 

Bugun, 20-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 13-Kasbiylashtirilgan yong'in-qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi. 

Yangi binoning tantanali ochilish marosimida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo'ldoshev,  viloyat hokimligi rahbariyati va tuman sektor rahbarlari ishtirok etdi. 

Ushbu binoda qutqaruvchilar uchun zamonaviy qutqaruv asbob-anjomlari va bugungi kun talabiga mos keladigan shinam o‘quv xonalari, yotoqxonalar, o‘quv minorasi va sport zal kabi zamonaviy xizmat xonalari bilan jihozlangan.

Tadbir jarayonida ishtirokchilar qutqaruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.