“Kitobxon harbiylar oilalari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda  Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 32 yilligiga bag‘ishlangan  “Kitobxon harbiylar oilalari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklarining  harbiy xizmatchilari hamda oila a’zolari ishtirok etdi.

Tadbir davomida kitobxon onalar hamda harbiylar tomonidan o‘qib, tayyorlab kelgan kitoblar taqdimoti tinglandi. Ular Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan kitoblar bilan taqdirlandilar.