Namangan viloyati FVB prafilaktik tadbirlari

Namangan viloyati FVB xodimlari tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan prafilaktik tadbirlar doirasida Namangan shahar “Yangi qurilish” MFY hududida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar va qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida o‘rganish ishlari olib borilib, bu boʻyicha aholiga kerakli yo‘riqnomalar berildi.