FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASIDA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA (PhD/DSc) QABUL BOSHLANDI!

 Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida tashkil etilgan Oliy ta’limdan keyingi ta’limning 05.10.01 – “Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi”, 05.10.02 - “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” hamda 21.02.04 – Fuqarolar himoyasi. Favqulodda holatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish vositalari va usullari” ixtisosliklari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka 2024-yil birinchi choragi uchun qabul boshlanganligi e’lon qilinadi.

Akademiya tomonidan dolzarb hisoblangan 65 ta doktorlik dissertatsiyasi mavzulari OAK rasmiy saytining htttp://oak.uz/pages/15867 manzilida joylashtirilgan.

Shu boisdan, mustaqil izlanuvchikka talabgorlar ilovada ko‘rsatilgan hujjatlarni
2024-yil 20-fevralga qadar Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga yo‘llanma xat
bilan yuborishlari mumkinligini ma’lum qilamiz (maslahat olish uchun mas’ul: Akademiya bo‘lim boshlig‘i  B.Y.Kurbanov Tel.: (97) 404-14-27). 

Ilova

1.            Akademiya boshlig‘i nomiga bildirgi va/yoki ariza;

2.            Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

3.            Biografik ma’lumotnoma (SO ob’ektivka);

4.       Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki mutaxassislik dasturlari bo‘yicha (1997-yilgacha) olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi (ilovasi bilan birga);

5.            Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

6.            Ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi (3.4-shakl);

7.        Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

8.            Ish joyidan tavsifnoma.

9.            Ilmiy rahbar, yoki ilmiy maslahatchining rozilik xati.

10.   Mavzu nomi 3 tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

 

 Ta’lim jarayonini tashkil etish va fan, innovatsiyani rivojlantirish boshqarmasi.