Hurmatli generallar, ofitser va serjantlar, xizmatchi xodimlar, muhtaram faxriylar!

Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha shaxsiy tarkibini, ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, kursantlari hamda tinglovchi talabalarini, shuningdek, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolarini, faxriylarimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Alohida aytish kerakki, Muhtaram Prezidentimiz – Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qo‘mondoni rahbarliklari ostida bugungi kunda yurtimiz mudofaa salohiyatini yuksaltirish, jangovar tuzilmalarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularning tezkorligi va shayligini oshirish, harbiy xizmatni, chinakam ma’noda, shon-sharaf ishiga aylantirish yuzasidan o‘z sifati va mazmuniga ko‘ra, salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham samarali islohotlar jarayonida yurtimiz aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari izchillik bilan tashkillashtirib kelinmoqda.

Vazirligimiz tizimi qutqaruvchi-yong‘in o‘chiruvchilari bugun har doim, har nafasda Vatanimizni, ona xalqimizni turli ofatlardan muhofaza qilish, sodir bo‘lganda jabrlanganlarni qutqarish bilan bog‘liq murakkab vaziyatlarda insonlarga umid va ishonch bag‘ishlamoqdalar. 

Xalqimiz farovonligini ta’minlash, fuqarolarni o‘z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berishdek mas’uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.   

Fursatdan foydalanib, Sizlarga mustaxkam salomatlik, oilaviy farovonlik, dasturxoningizga qut-baraka, sharafli vazifangizda omad va muvaffaqiyatlar tilagan holda, Quroli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 32 yillik shodiyonasi munosabati bilan qizg‘in muborakbod etaman!

           

            Hurmat bilan,