O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligida tantanali tadbir o‘tkazildi

Bugun, 13-yanvar kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparatida  sana munosabati bilan tantanali marosim ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

 

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev bayram munosabati bilan faxriylar, harbiy xizmatchilar va xizmatchilarni qizg‘in qutladi.

 

Tadbir doirasida harbiy xizmatchi va xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi”, “To‘maris”, vazirlikning “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlari, esdalik qo‘l soati va nishoni, “Faxriy yorliq”, “Leytenant” va ofitserlarga nabatdagi harbiy unvonlar tantanali topshirildi.

 

Tadbirning badiiy qismida FVV Akademiyasi orkestri tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.