Harbiy-vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar

Harbiy-vatanparvarlik oyligi doirasida Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari bilan Qarshi shahridagi Aviatsiya bilim yurti hamda “Vatanparvar bog‘i”ga sayohat tashkil qilindi. Ushbu sayohat davomida o‘quvchilar “Vatanparvar bog‘i”dagi jangovar texnikalar eksponatlari va Aviatsiya bilim yurti kursantlarining amaliy dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.