Ma’rifat soati

Bugun, 12-yanvar kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparat shaxsiy tarkibi ishtirokida navbatdagi “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik” o‘quv mashg‘uloti poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “G‘alaba bog‘i”da joylashgan “Shon-Sharaf” muzeyida o‘tkazildi.  Mashg‘ulot davomida muzeyga tashrif buyurgan shaxsiy tarkibga II-Jahon urushi eksponatlari va o‘sha davr harbiy qurol-aslaha buyumlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, muzey faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.