Xorazmda “Vatanparvarlik oyligi” doirasidagi tadbirlar 

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32-yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan "Xalq va armiya - bir tanu bir jon!" shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xorazm akademik litseyi, “Jaloliddin Manguberdi” nomidagi harbiy-akademik litsey hamda Urganch shahar 24-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta maktabining o‘quvchilari ishtirok etdilar.