Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida viloyat FVB, Milliy gvardiya hamda Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 32 yilligi hamda 14-yanvar — "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida ko‘rgazmali tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida kuch tuzilmalarining qiziqarli chiqishlari ularning maxsus asbob-anjomlari namoyish etildi. Shuningdek, ishtirokchilar sportning voleybol, kamondan o‘q otish, arqon tortish, shaxmat hamda tosh ko‘tarish turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.