“Vatanparvarlik” oyligi doirasidagi tadbirlar 

FVV “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi boshlig‘i hamda ko‘p yillik tajribaga ega, fidoiy xodimlar ishtirokida “Vatanparvarlik” oyligi doirasida dovon hududida joylashgan “Tanga topdi”  qishlog‘idagi 20-umumta’lim maktabida tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida soha vakillarining mashaqqatli mehnati, xususan tizim faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Albatta bunday tadbirlar yoshlar o‘rtasida Vatanga muhabbat, sadoqat va burch kabi tuyg‘ularning shakllanishiga xizmat qiladi. O‘quvchi yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga xarbiy xizmatchilardan atroflicha javoblar oldilar.