Aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga tayyorlash tadbirlari 

FVV Fuqaro muhofazasi instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Yakkasaroy tumanida joylashgan xususiy maktab shaxsiy tarkibi, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti talabalari bilan aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish tadbirlari bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazilib, ularning bilim va ko‘nikmalari oshirildi.