"Qamchiq" dovonda profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda

FVV "Qamchiq" Maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari tomonidan dovondagi ijtimoiy soha obyektlari hamda avtomobil yo‘lining "Qamchiq" tonneli ishchi xodimlarining yong‘in xavfsizligi holati bo‘yicha profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek fuqarolar bilan is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida ham profilaktik tadbirlar olib borildi.