Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ilmiy ishlanmalar va innovatsion loyihalar forumida faol ishtirok etdi

Bugun, 9-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Harbiy sohadagi iqtidorli yoshlar va yosh olimlarning ilmiy ishlanmalari va innovatsion loyihalari forumi” o‘tkazildi.

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Mudofa vazirliklari hamda Milliy gvardiya tizimlarida faoliyat yuritib kelayotgan iqtidorli yoshlar va yosh olimlarning ilmiy ishlanmalari, innovatsion loyihalari ko‘rgazmasi hamda eng sara ishlanmalar taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ham o‘zlarining sara ilmiy ishlanmalari bilan ishtirok etib, tashkilotchilar tomonidan etirof etilib, munosib rag‘batantirildi. Shuningdek, Vazirlik tizimidagi eng faol yoshlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yoshlar akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi.