Xorazm viloyatining cho‘l hududlarida yangi o‘rmonlar barpo etilmoqda

O'rmonzorlarni barpo etish cho'l hududlaridan atmosferaga qum va chang ko‘tarilishini oldini olishning eng samarali usuli hisoblanadi. Ayni shu maqsadda Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumani cho‘l hududlarida shu kunlarda saksovul ekish ishlari olib borilmoqda. Bu Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O‘zbekiston Ekologik partiyasining hamkorlikdagi tadbiri. Tashkilotchilar 10 ming gektardan ortiq cho'l hududlarini ko'kalamzorlashtirishni rejalashtirgan.