"Qamchiq" dovonda profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda

FVV "Qamchiq" Maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi boshlig‘i polkovnik X. Bobonov rahbarligida dovondagi ijtimoiy soha obyektlari hamda avtomobil yo‘lining "Qamchiq" tonneli ishchi xodimlarining yong‘in xavfsizligi holati bo‘yicha profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda fuqarolar bilan “Yong‘inlar kelib chiqishining oldini olish” va “Is gazidan saqlanish” kabi mavzular bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.