Andijon viloyati FVB xodimlari  tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktik targ‘ibot tadbirlari

Andijon viloyati FVB xodimlari  tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarida yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va boshqa turli ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda keng qamrovli profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berib borilmoqda.