FVV qutqaruvchilari tomonidan “Chimyon” dam olish maskanida fuqarolar  xavfsizligi ta’minlanmoqda

Qish mavsumida ko‘pgina yurtdoshlarimiz qordan zavq olish maqsadida tog‘li hududlarga tashrif buyurishadi. Ayni kunlarda “Chimyon” tog‘ oldi hududlarida tashkil etilgan dam olish maskanlari ham dam oluvchilar bilan gavjum. Bu borada Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining malakali qutqaruvchilari tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida navbatchilik ishlarini olib bormoqda.