Surxondaryoda yoshlar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” otkazildi

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Vatanparvarlik oyiligi doirasida Termiz shahridagi maktab oʼquvchi yoshlar ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. Tadbirda qutqaruvchilar tomonidan maxsus asbob-anjomlar, yong‘in-qutqaruv texnikalari nomoyishi o‘tkazilib, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakat qilish usullari amaliy tarzda koʼrsatib o‘tildi.