Xorazm viloyatida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq joriy yilning 1-sentabr kunidan Respublikamizda keng jamoatchilikni jalb qilgan holda, “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tegishli hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda, mazkur tadbirlar doirasida tadbirkorlik subyektlarida, ta'lim muassasalarida, shuningdek, mahallalarda fuqarolar o‘rtasida ham targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.