⚡️VAZIRLIK TIZIMIDA “ENG YAXSHI INNOVATSION G‘OYA” KO‘RIK-TANLOVIGA START BERILDI

🔰Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, faol ilmiy muhit yaratish, harbiy xizmatchi va  xizmatchilar, kursant va askarlarni ilm-fanga qiziqtirish, yoshlarda ixtirochilik va ratsionalizatorlik qobiliyatini shakllantirish, shuningdek ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida 2024-yilning  5-yanvar kunidan, Vazirlik tizimida “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” ko‘rik-tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlar qabul qilish boshlandi. 

Hujjatlar quyidagi uch yo‘nalish bo‘yicha qabul qilinmoqda: 

🔹“Eng yaxshi g‘oya va innovatsion ishlanma”
🔹“Eng yaxshi dasturiy ta’minot”
🔹“Eng yaxshi innovatsion loyiha”

Ko‘rik-tanlovda Vazirlikning barcha harbiy xizmatchi va xizmatchilari  ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomdagi ko‘rsatilgan namunaga asosan  2024-yilning 15-fevral kuniga qadar Ta’lim jarayonini tashkil etish va fan, innovatsiyani rivojlantirish boshqarmasiga hujjatlar taqdim etishlari lozim.

Qo‘shimcha savollar yuzasidan Ta’lim jarayonini tashkil etish va fan, innovatsiyani rivojlantirish boshqarmasiga (Tel: 71.212-67-24) murojat etishingiz mumkin.