Namanganda profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda isitish mavsumida yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, botulizm va boshqa turli ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda keng qamrovli profilaktik targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.