O‘zbekiston Respublikasi hududlarida bayram kunlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv otryadlari markaziy maydonlar va boshqa aholi gavjum joylarda kechayu kunduz navbatchilik olib bormoqda.

Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot instituti boshlig‘i polkovnik  Jo‘rayev Sobir Mirzayevich maxsus brifingda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tog‘risida batafsil ma‘lumot berdi.