Yoshlar muammolari hal etilmoqda

Yurtboshimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Qashqadaryo viloyat FVB boshlig‘i polkovnik F.Mirzayev o‘ziga  biriktirilgan yoshlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazib, ularnig muammolarini hal etib kelmoqda. Xususan, Yangi yil bayrami arafasida mas’ullar ishtirokida Qamashi tumani “Mang‘it” mahallasida istiqomat qiluvchi qizil toifaga kiritilgan ayrim yoshlarning holidan xabar olindi. Uchrashuv jarayonida ularning qobiliyati va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda tikuv mashinasi, payvandlash apparati va kompyuter jamlanmasi (“noutbook”, printer) sovg‘a qilindi.