⚡️"Qamchiq" dovonidagi vaziyat 

🔰Ayni vaqtda "Qamchiq" dovonining yuqori nuqtalarida maydalab qor yog‘moqda. Ikki tomonlama avtomobillarning xavfsiz harakati davom etmoqda.

💢Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.