Xorazm viloyatida profilaktik tadbirlar kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi guruhi rahbari polkovnik X.Sotiyev boshchiligida viloyat FVB rahbariyati hamda tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan Xorazm viloyatining barcha shahar, tumanlarida isitish mavsumida is gazidan zaharlanish, yong‘in, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va boshqa turli ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda keng qamrovli profilaktik targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Xususan, aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlarining isitilish tizimlari ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda. Shuningdek, Yangi yil bayram tadbirlarini betalofat o‘tkazish maqsadida bayram archalarining texnik mustahkamligi, yong‘in xavfsizligi holati va kunu tun navbatchiligi tashkil etilgan yong‘in-qutqaruv ekipajlarining shayligi ham o‘rganildi.