Jizzax viloyati Zomin tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Navbatdagi yangi Favqulodda vaziyatlar bo‘limining binosi Jizzax viloyatining Zomin tumanida barpo etildi. Binoning tantanali ochilish marosimida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev, vazir o‘rinbosari polkovnik X.N.Alibayev, sektor rahbarlari, faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ushbu bino shaxsiy tarkib ish samaradorligini oshirishga qaratilgan barcha zarur sharoitlar, zamonaviy avtotexnikalar, asbob anjomlar va eng yangi jihozlar bilan ta’minlangan.

Shuningdek, qutqaruvchilar jismonan baquvvat va sog‘lom bo‘lishlari, kasb mahoratlarini, ma'naviy bilimlarini yanada oshirib borishlari uchun sport maydonchasi, ma'naviyat va ma'rifat xonasi, sinf xona, oshxona, yotoqxona hamda yuvinish xonasi mujassamdir.

Amalga oshirilayotgan ishlar negizida aholiga o‘z vaqtida sifatli xizmat qilish va albatta ularni rozi qilish asosiy maqsad etib belgilangan.