Namangan viloyatida xavfsiz bayram tadbirlari

Namangan viloyatida FVV ishchi guruhi rahbari polkovnik B.Abduraximov, viloyat FVB boshlig‘i tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatning barcha shahar, tumanlarida Yangi yil bayrami tadbirlarini betalofat o‘tkazish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bayram archasi joylashgan hududlarda o‘rganish va nazorat tadbirlari tashkil etildi. Tadbir jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bayram tadbiri archasining texnik mustahkamligi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga asosan o‘rnatilganligi ko‘zdan kechirilib, kunu tun navbatchiligi tashkil etilgan yong‘in-kutqaruv ekipajlarining shayligini yanada oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy taktik mashqlari ham o‘tkazildi.