Qashqadaryo viloyatida ishchi guruh joylarda Yangi yil bayramiga ko'rilgan tayyorgarliklar boʻyicha oʻrganishlarni davom ettirmoqda. 

Kuni kecha, Respublika va Qashqadaryo viloyatida FVB mas'ullari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatning Qarshi shahri, Koson va Kasbi tumanlarida bayram tadbirlari oʼtkazilishi rejalashtirilgan hududlarda oʼrganish va nazorat tadbirlari tashkil etildi. Shuningdek, bayram tadbirlari oʼtkaziladigan hududlar va aholi ko'p to'planadigan maskanlarda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, qutqaruvchilarning bilim va koʼnikmalarini mustahkamlash, kasbiy mahoratlarini hamda shayligini yanada oshirish maqsadida oʼquv-amaliy taktik mashqlari ham oʼtkazildi.