FVV qutqaruvchilari Qamchiq dovonida harakatlanaolmagan  avtomobillarning haydovchilarga yordam ko‘rsatmoqda

Avval xabar qilinganidek, bugun Qamchiq dovonida qor yog‘ishi va shamol kuzatilmoqda. Ayrim haydovchilar bunday ob-havo sharoitlarida harakatlanishga tayyor emasligi kuzatildi, natijada ularning avtomashinalariga FVV qutqaruvchilari tomonidan yordam ko‘rsatilib kerakli manzilgacha yetkazilmoqda. Ayni damda Qamchiq dovonida harakat ikki tomonlama, vaziyat nazorat ostida.