Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev “Yangi yil” bayrami o‘tkaziladigan joylarda o‘rganish ishlarini olib bordi

Yangi yilbayrami tadbirlarini betalofat o‘tkazish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev tomonidan poytaxtdagi A.Navoiy kutubxonasi ro‘parasida joylashgan asosiy bayram tadbiri archasining texnik mustahkamligi, yongin xavfsizligi qoidalariga asosan ornatilganligi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. Shundan so‘ng “Tashkent city” hududida o‘rnatilgan bayram archasi o‘rganilib, kun-u tun navbatchilik olib borayotgan yong‘in-qutqaruv ekipajlarining jangovor shayligi va maxsus texnikalar holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berildi.