Namangan viloyatidagi o‘rganish ishlari

Namangan viloyati FVB rahbariyati tomonidan “Yangi yil” bayrami tadbirlarini o‘tkazish joylarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bayram archasini yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga asosan o‘rnatilganligi va istirohat bog‘laridagi atraksionlarning texnik holati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. Tadbir davomida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar va maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasida mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ushbu hududlarda yong‘in-qutqaruv ekipajlarining kun-u tun navbatchilik olib borishi tashkil etilgan.