Xavfsiz bayram

Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot instituti boshlig‘i polkovnik S.Jo‘rayev, Toshkent shahar FVB rahbariyati boshchiligida FVDqT xizmatlari bilan shahar hududida “Yangi yil” bayrami tadbirlarini o‘tkazish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bayram archasini yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga asosan o‘rnatilganligi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasida mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ushbu hududlarda yong‘in-qutqaruv ekipajlarining kun-u tun navbatchilik olib borishi tashkil etilgan.