Bayram xavfsiz o‘tishi uchun

Buxoro viloyatida FVB xodimlari tomonidan FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikda “Yangi yil” bayrami tadbirlarini o‘tkazish davrida xavfsizlikni ta'minlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganida oqibatlarini qisqa fursatlarda, kam talofatlar bilan bartaraf etish maqsadida “Yangi yil” archasi joylashgan hududlarda profilaktik tadbirlar va maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Shuningdek, ushbu hududlarda yong‘in-qutqaruv ekipajlarining kun-u tun navbatchilik olib borishi tashkil etilgan.