Toshkent viloyatida oʼrganish va nazorat tadbirlari tashkil etildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi masʼul vakili Toshkent viloyatida FVB rahbariyati hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatning Nurafshon, Olmaliq va Ohangaron shaharlarida bayram tadbirlari oʼtkazilishi rejalashtirilgan hududlarda oʼrganish va nazorat tadbirlari tashkil etildi. Shuningdek, bayram tadbirlari oʼtkaziladigan hududlarda aholi xavfsizligini taʼminlash, qutqaruvchilarning bilim va koʼnikmalarini mustahkamlash, kasbiy mahoratlarini hamda shayligini yanada oshirish maqsadida oʼquv-amaliy taktik mashq oʼtkazildi.