Xorazm viloyatida profilaktik targ‘ibot tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda

Xorazm viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul vakillari polkovnik X.Sotiyev va U.Jo‘raboyevlar, viloyat FVB rahbariyati hamda tegishli tashkilotlar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan isitish mavsumida is gazidan zaharlanish, yong‘in, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va boshqa turli ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda profilaktik targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Tadbirlar davomida “Yangi yil” bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylar, ijtimoiy soha obyektlari, aholi xonadonlari, ko‘p qavatli uylar hamda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida aholi va ishchi-xizmatchilarga zarur tushunchalar berilib, eslatma va bukletlar tarqatilmoqda.