Xalqaro hamkorlik doirasida o‘quv mashqi 

Joriy yilnig 21-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamda Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Turkiston viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti o‘rtasida videokonferensaloqa tarmoqlari orqali maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda transchegaraviy favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha  Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining navbatchi smenalari bilan o‘zaro tezkor ma’lumot ma'lumot almashinuvi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish, favqulodda vaziyat va yong‘inlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir bo‘lganda o‘z vaqtida ogohlantirishni ta'minlash, zarur xollarda tezkorlik bilan tegishli kuch va vositalarni jalb etish mexanizmini yaratish masalalari muhokama qilindi.