Qoraqalpog'iston Respublikasida profilaktik tadbirlar kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri o'rinbosari polkovnik X.Alibayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ayni kunlarda Qoraqalpog'iston Respublikasida aholini is gazidan zaharlanishlari, yong'in va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda keng qamrovli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.