Jizzax viloyatida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar

Jizzax viloyati FVB va uning shahar, tuman bo‘limlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda isitish mavsumida is gazidan zaharlanish, yong‘in, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va boshqa turli ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda profilaktik targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Tadbirlar davomida ijtimoiy soha obyektlari, aholi xonadonlari, ko‘p qavatli uylar hamda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida aholi va ishchi-xizmatchilarga zarur tushunchalar berilib, eslatma va bukletlar tarqatilmoqda.