Farg‘onada sportning “Universal jang” turi bo‘yicha “O‘zbekiston kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

Joriy yilning 15-19-dekabr kunlari Farg‘ona shahrida O‘zbekiston “Universal jang” federatsiyasi tomonidan Qurolli Kuchlar  va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari, shuningdek, hududlardagi sport klublarining sportchilari o‘rtasida sportning “Universal jang” turi bo‘yicha “O‘zbekston Kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada jami 18 ta jamoadan 500 dan ortiq sportchilar 2 ta yo‘nalish bo‘yicha 10 ta vazn toifalarida o‘zaro bellashdilar.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, FVV terma jamoasi a’zolari shaxsiy hisobda 65 kg vazn toifasida Qashqadaryo viloyati FVB xizmatchilari B.Ziyodullayev va 70 kg vazn toifasida Q.Saidovlar, 75 kg vazn toifasida vazirlik terma jamoasi vakili D.Boymirzayev,  80 kg vazn toifasida Qashqadaryo viloyati FVB harbiy xizmatchisi oddiy askar Sh.Ablakulov, 95+ kg vazn toifasida Qashqadaryo viloyati FVB xizmatchisi A.Gulmurodov, ayollar o‘rtasidagi baxslarda Jizzax viloyati FVB harbiy xizmatchisi oddiy askar M.Meliyevalar faxrli 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Namangan viloyati FVB harbiy xizmatchisi oddiy askar D.Rustamova 2-o‘rinni, FVV Akademiyasi harbiy xizmatchisi oddiy askar S.O‘sarov, Qashqadaryo viloyati FVB harbiy xizmatchisi mayor A.Yaxshiboyev hamada Navoiy viloyati FVB harbiy xizmatchisi A.Raxmonovlar 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritidilar.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida ballar bo‘yicha, birinchi o‘rinni Ichki ishlar vazirligi, ikkinchi o‘rinni Milliy gavardiya hamda uchinchi o‘rinni Favqulodda vaziyatlar vazirligi terma jamoalari egalladilar.