Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot institutida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot institutida vazirlik Markaziy apparati boshqarmalari, hududiy boshqarmalarning yetakchi mutaxassislari, vazirlik Аkademiyasi va Fuqaro muhofazasi instituti olimlari ishtirokida “Аmaliyotda duch kelayotgan dolzarb muammolar va ularning ilmiy yechimlari” mavzusida onlayn davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur davra suhbatida sohaviy yo‘nalishlardagi mavjud dolzarb masalalar va ularning ilmiy yechimlarini topish yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil qilish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida sohada faoliyat yuritayotgan yetakchi mutaxassislar va olimlar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, ishtirokchilar favqulodda vaziyatlar, yong‘inlarni oldini olish va bartaraf etish samaradorligini yanada oshirish maqsadida qanday mavzularda ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish va shu orqali mavjud muammolarga ilmiy yechim topish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar hamda o‘z takliflarini bildirdilar.