Piskent tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot

Bugun, 21-dekabr kuni soat 15:20 da Toshkent viloyati, Piskent tumani, “Kultepa” MFYda joylashgan parrandachilik fermalarining birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:33 da voqea joyiga yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
 
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra fuqarolarni kuyish tan-jarohati olish va halok bo‘lish holatlari bo‘yicha ma’lumot kelib tushmadi.