Xalqaro hamkorlik doirasida

Kecha, 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga Ummon Sultonligining Milliy mudofaa bilim yurti o‘qituvchi va tinglovchilaridan iborat delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida Admiral Ali Abdullah Mohammed Al Shidi boshchiligidagi delegatsiya bilan samimiy suhbat tashkil etilib, shundan so‘ng mehmonlar Akadmiyada amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘quv-metodik, ilmiy-innovatsion, sport-ma’naviy va moddiy texnik sharoitlar bilan tanishdilar. O‘z navbatida delegatsiya rahbari yuqori saviyada o‘tkazilagan uchrashuv uchun vazirlik va Akademiya rahbariyatiga o‘z minnatdorligini bildirdi.