Xalqaro Etnosport festivaliga tayyorgarlik jarayonlari

Joriy yilning 7-10-sentyabr kunlari Xorazm viloyati Xiva shahridagi “Ichan Qalʼa” majmuasida bo’lib o’tadigan Xalqaro Etnosport festivaliga tayyorgarlik jarayonlari qizg’in tarzda bo’lib o’tmoqda. Mazkur festivalni betalafot o‘tkazish, sodir bo‘lishi munkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish maqsadida viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan o‘rganish va nazorat tadbirlari olib borilmoqda.